Teatr haqida bir oz ma'lumot

-------------------------------------------------------------------------

 

Бугун 18.02.2025 йил ЗАРМЕД университети психология йўналиши талабалари театримизга  келиб «Чор дарвеш»руҳий драмасини  (А.Яссавий асари асосида Л.Наврўзов инсценировкаси )мароқ билан томоша қилишди.Уларга драма жуда маъқул бўлди.

 

 

----------------------------------------------------------------------------

 

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, munosib mehnat va hayot tarzini yaratish bo'yicha ishlar amalga oshirilib, ular orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risidagi"qaroriga muvofiq Buxoro shahridagi musiqali drama teatrida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Buxoro shahar hokimi o'rinbosari M.Umarova, viloyat ichki ishlar xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari hamda mahallalardagi 65 nafar faol xotin-qizlar ishtirok etdilar. 

Huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sabablarga alohida  urg'u berilib,  unga qarshi kurashishga oid masalalar aytib o'tildi.  Tadbir davomida Buxoro musiqali darama teatri aktyorlari tomonidan Ahmad Yassaviy qalamiga mansub, o‘rta asrlar o‘zbek tasavvuf adabiyotining eng yirik namunalaridan biri bo‘lgan "Chor-Darvesh" nomli sahna asari namoyish etildi.  Asarning asosiy mazmuni insonning ma'naviy kamolotga erishish yo‘lida to‘rt muhim yo‘nalishni — "to‘rt daraja"ni tavsiflash orqali "biroz o‘zini cheklash", "nafsi hamda dunyo mulkidan voz kechish", "sabr va taqvo" kabi g'oyalar ilgari surildi. 

 Tomoshabinlar jinoyatga qarshi kurashish to'g'risidagi tavsilotlar bilan birgalikda, madaniy hordiq oldilar.

 

 

-------------------------------------------------

 

Суз мулкининг султони  Мир Алишер Навоий таваллудининг 584 йиллиги.
А.Навоий ролида "Дустлик" ордена сохиби, устоз санъаткор
      Рахимжон Эргашев

 

------------------------------------------------------

 

 

5.02 2024 й соат 16.00да
Э.Вохидов каламига мансуб
"РУХЛАР ИСЁНИ" спектакли намойиш этилди.
Режиссёр: Равшан Расулов.

------------------------------------------------------------------------

 

         Viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Unga Qurolli Kuchlar safida xizmat kilib, Vatan himoyasidek sharafli ishda safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan fidoiy xodimlar, harbiylar, ularning oila a’zolari hamda faxriylar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar taklif etildi.

Tadbir avvalida ozodlik kurashchisi, dovyurak sarkarda, milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan Jaloliddin Manguberdi jasorati haqida sahna ko‘rinishining namoyish etilishi yig‘ilganlarda o‘sha davr haqida jonli tasavvur hosil bo‘lishiga xizmat qildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.

 

-------------------------------------------------------

 

Азиз юртимиз калконлари,
Театримиз мардлари барчангизни 14 январ ВАТАН ХИМОЯЧИЛАРИ КУНИ билан
табриклаймиз.
Ижодингизга хамиша омадлар ёр булсин.

 

--------------------------------------------------------

 

Вилоят мусиқали драма театрида Аҳмад Яссавий ҳикматлари асосида режиссёр Лазиз Наврўзов томонидан саҳналаштирилган "Чор дарвеш" спектакли премьераси мухлис ва мутахассисларнинг олқишу эътирофига сазовор бўлди.

Ссылка на видео

 

-----------------------------------------------------------

 

Премьера

     Сизни эртага 8 январ соат 14.00да
Бухоро вилояти мусикали драма театрида булиб утадиган,Ахмад Яссавий хикматлари асосида режиссёр Лазиз Наврузов томонида сахналаштирилган "Чор дарвеш" спектакли  премьерасига
 ТАКЛИФ этамиз.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Repertuar